26-aprel kuni OʻzDJTUda “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovining universitet bosqichi oʻtkazildi. Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi va barchaga omad tiladi. Joriy yilning mart-aprel oylarida barcha fakultetlarda mazkur tanlovning 1-bosqich oʻtkazilgan boʻlib, bugungi universitet bosqichida – “Fakultet malika”lari deb topilgan gʻoliblar oʻzaro bellashishdi. Qizlarimizning oʻz iqtidori va yetakchilik qobiliyatini hamda salohiyatini namoyon etish, ularni mustaqil oilaga tayyorlashga qaratilgan tanlov shartlari ham ayni maqsadga yoʻnaltirildi. Tanlov natijasiga koʻra, ishtirokchilar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi va universitet rektori gʻoliblarga sertifikat va qimmatbaho esdalik sovgʻalar topshirdi. Roman German filologiyasi fakulteti talabasi Qalandarova Rozaxon barcha shartlarda faollik koʻrsatib, 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi va “Universitet malikasi” nominatsiyasiga sazovor boʻldi. Universitet tomonidan Qalandarova Rozaxonga televizor sovgʻa qilindi. Ingliz filologiya fakulteti talabasi Ahmadjonova Zuhra 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Universitet tomonidan Ahmadjonova Zuhraga mikrotoʻlqinli pech sovgʻa qilindi. Tarjimonlik fakulteti talabasi Shoqoʻchqorova Guljamol 2-oʻrin qoʻlga kiritdi. Universitet tomonidan Shoqoʻchqorova Guljamolga oshxona anjomlari toʻplami sovgʻa qilindi.

2024-04-30 09-27

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi