Bir talabaga – bir loyiha 

2025-yil 24-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Abdullayeva tomonidan “Bir talabaga – bir loyiha” akseleratsiya dasturi asosida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

 

Dasturda universitet talaba-yoshlari biznes reja tuzishda zarur bo‘lgan yuridik bilimlar, biznes reja tushunchasi, uning turlari, tarkibiy qismlari va uni amaliyotga tadbiq etish bosqichlari, shuningdek, biznes g‘oyani real startapga aylantirish bo‘yicha dastlabki nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

“Bir talabaga – bir loyiha” mashg‘uloti quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etildi:
- Biznes reja tushunchasi, maqsadi va vazifalari;
- Biznes model turlari: B2C (Business-to-Customer), B2B (Business-to-Business), Freemium, Subscription, Marketplace kabi zamonaviy yondashuvlar;
- Biznes rejaning asosiy tarkibiy qismlari: kirish qismi, bozor tahlili, marketing strategiyasi, moliyaviy reja, risklar va imkoniyatlar tahlili;
 - Biznes reja tuzishda zarur bo‘lgan yuridik bilimlar: tadbirkorlik shakllari (YATT, MChJ), ro‘yxatga olish jarayonlari, soliqqa tortish, litsenziyalash, shartnoma huquqi va boshqalar;
 - Har bir bo‘limni to‘g‘ri tuzish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va bosqichma-bosqich amaliyotga tadbiq qilish yo‘llari.

 

 

 Mashg‘ulotning amaliy qismida talabalar faol ishtirok etib, mini biznes reja loyihalarini ishlab chiqdilar. Ular o‘z biznes g‘oyalari asosida reja tuzishni sinab ko‘rib, real startapga aylantirish uchun zarur bo‘lgan dastlabki amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube