18-fevral kuni Braziliyaning KampinasUniversiteti dotsenti Simone Tiemme bilan online muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yangi o‘quv yili, ya’ni sentyabr oyidan O‘zDJTUga portugal tili bo‘yicha dars berish uchun tashrif buyuradigan braziliyalik mutaxassis bilan ta’lim jarayonini tashkil qilish, o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish, mashg‘ulotlarning o‘quv-uslubiy ta’minoti kabi masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, portugal tili bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash borasida hamkorlik qilish, xususan, O‘zDJTUning ispan tili o‘qituvchisining Kampinas Universitetida portugal tili bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qitilishi va sertifikatlanishi masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Hakimov va Ispan tili kafedrasi mudiri D. Baxranova hamkorlikning tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatlari bo‘yicha fikr almashdilar.