Rossiya Federatsiyasi Кislovodsk shahridagi "O'zbekiston" sanatoriyasida "Dam olish – davolanish – bilim olish – malaka oshirish" loyihasi amalga oshirildi.
Mazkur loyihada O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti professori, pedagogika fanlari doktori Ahmedova Laylo Tolibjonovna ham ishtirok etdi.
2-iyundan 13-iyungacha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xo'jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi Shimoliy Kavkaz institutida "O'zbekiston – 2030 strategiyasi: maqsadlar, vazifalar va ustuvorliklar" dasturi bo'yicha malakasini oshirdi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Loyiha Respublika sanatoriyalari (Yalta - Kislovodsk) faoliyatini qayta tiklash va modernizatsiyalash "O'ZBEKISTON" FONDI ko'magida tashkil etildi.