30-mart kuni OʻzDJTUda Toshkent shahridagi Profi universiteti rektori, olim, psixologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi aʼzosi, akademik —Shoumarov Gʻayrat Baxromovich bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Rektor tadbirni ochib berdi. Shundan soʻng tadbir mehmoni Shoumarov Gʻayrat Baxromovich “Taʼlim, ilmiy-tadqiqot, tajriba va istiqbolli kelajak sari” mavzusida maʼruza qilib, oʻzining ilmiy va hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Davra suhbati qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: Shoumarov Gʻayrat Baxromovich 2002-2008-yillari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, 2008-yildan 2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri lavozimlarida ishlagan. Uzoq yillar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va oʻrta maxsus taʼlim vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan. Gʻayrat Baxromovichning tashabbusi bilan 2000-yili Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi tashkil etilgan va koʻp yillar mazkur assotsiatsiyaga rahbarlik qilgan. 2003-2010-yillari “Oʻzbekiston-Turkmaniston” doʻstlik jamiyati raisi boʻlgan. Gʻayrat Shoumarov 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi boʻlib, 40 dan ortiq fan nomzodlariga ilmiy rahbarlik, 10 nafar fan doktoriga ilmiy maslahatchilik qilgan. 2023-yil 23-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining “Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi” Farmoniga muvofiq Shoumarov Gʻayrat Baxromovich Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi va akademik unvoni bilan taqdirlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube