2025-yil 3-martda, Ingliz tili-3 fakulteti  Ingliz tili amaliy fanlar №3  kafedrasi oʻqituvchisi Munisxon Isamuxamedova tomonidan “O‘zbekistonda ayollarga e'tibor” mavzusida 2425-guruh talabalari bilan ma’naviy-marifiy davra suhbati o‘tkazdi.

Suhbatda jamiyatimizda ayollarning roli, ularning huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ayollarga nisbatan turli xil kamsitish va zo‘ravonliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Asosiy masalalar:

  • Ayollarning huquqlari va ularni himoya qilish: Ayollarga nisbatan gender tengligi tamoyilini yanada rivojlantirish va ularga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.
  • Ayollarning iqtisodiy erkinligi: Ayollarni tadbirkorlik, biznes yuritish va moliyaviy savodxonlik sohalarida qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, kichik va o‘rta biznesda ayollarning rolini oshirish.
  • Ta'lim va kasb-hunar o‘rganish: Ayollarni ta'lim olish va kasb-hunar egallashda motivatsiya berish va kerakli resurslar bilan ta'minlash.
  • Sog‘liqni saqlash va psixologik yordam: Ayollarning jismoniy va ruhiy salomatligi, ularga turli kasalliklardan saqlanish va psixologik yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari.
  • Ayollarning jamiyatdagi faol ishtiroki: Ayollarni siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotda faol qatnashishga rag‘batlantirish va ular uchun teng imkoniyatlar yaratish.

Tadbirning yakunida O‘zbekistonning barcha hududlarida ayollarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangi tashabbuslar ishlab chiqilishi, shu bilan birga, jamiyatdagi ayollarning ahamiyatini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar davom etishi haqida ma’lumotlar berildi.

     

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube