Dissertatsiya ishi ilmiy seminar doirasida muhokama qilindi
Oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali Mirzaaxmedova Maxliyo Yo‘ldashevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Alisher Navoiy va Vilyam Shekspir asarlarida ma’rifat talqini” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi ilmiy seminar yig‘ilishida muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida tadqiqotning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati, metodologik yondashuvlari hamda erishilgan ilmiy natijalari yuzasidan seminar ishtirokchilari tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, dissertatsiya muallifi berilgan savollarga batafsil javob berib, tadqiqotning asosiy jihatlarini atroflicha yoritib berdi.
Seminar yakunida dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, belgilangan tartibda keyingi ilmiy bosqichga tavsiya etildi.
2026-08-14 09-11