Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy seminar oflayn va onlayn shaklda, ZOOM platformasi orqali tashkil etildi.
Unda Abduganiyeva Djamilya Rustamovnaning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz-rus media makonida semantik ko‘pma’nolilikni tarjima qilishning germenevtik asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
Seminar davomida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, shuningdek, dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadqiqotning mazmun-mohiyati bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazilib, dissertatsiya ishini takomillashtirishga qaratilgan tavsiya va takliflar bildirildi.
Muhokamada dissertatsiyaning ilmiy maslahatchisi hamda taqrizchilar ishtirok etdi.
Ilmiy seminar yakunida dissertatsiya ishi yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar shakllantirildi.