2-noyabr O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 34-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Bazarbayeva Albina Mingaliyevnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Rangni ifodalovchi leksika olam haqidagi bilimlarni interpretatsiya qilish vositasi sifatida” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc)ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi tashkil etildi.
Dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etdi.