“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda

 

26-iyun kuni ham Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan Gyote nomidagi 60-sonli ixtisoslashgan maktabida oʻquvchilar uchun OʻzDJTU bitiruvchi talabalari tomonidan nemis tilidan qoʻshimcha darslar oʻtkazildi.

 

Mazkur mashgʻulotlar ham talabalarning pedagogik mahoratining rivojlanishiga, ham oʻquvchilarning ta’til davomidagi boʻsh vaqtini samarali oʻtkazish va bilimlarining ortishiga hissa qoʻshmoqda. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube