Dubaydagi Kanada universiteti delegatsiyasining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 25-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Dubaydagi Kanada universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Amazing SilkRoadia Official Travel Agency ta’sischisi Baenxanov Avaz ham ishtirok etdi. O‘zDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov, prorektorlar va mas’ul xodimlar qatnashdi.

Muloqot davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
— Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘i (SUN) doirasida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish;
— doktorantlarga qo‘shma ilmiy rahbarlik qilish;
— Scopus va Web of Science bazalarida hammualliflikda maqolalar chop etish;
— o‘qituvchilar malakasini oshirish va qo‘shma o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish;
— talabalar almashinuvi dasturlari hamda yozgi va qishki ta’lim lagerlarini tashkil etish.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘iga a’zo OTMlar bilan hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.