Ispaniyaning Kadis Universitetiga ERASMUS+ dasturi boʻyicha maʼruza oʻqish va tajriba almashish uchun professor-oʻqituvchilarni yuborish uchun quyidagi oʻrinlar uchun tanlov eʼlon qilamiz!
Erasmus+ Staff Mobility – Kadis universitetiga 1 o‘rin
Dastur davomiyligi:
Staff Mobility – 5-7 kun
AGAR SIZ QUYIDAGI TALABLARGA TO‘LIQ MUVOFIQ BO‘LSANGIZ, ARIZAINGIZNI KUTAMIZ!
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
O‘zDJTU ispan tili professor-o'qituvchisi bo‘lish kerak.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (nusxasi);
Rezyume (CV, ispan/ingliz tilida);
Motivatsiya xati 1 betdan oshmasligi kerak);
Kurs/stajirovka dasturi (5 kunlik reja, 10-12 soat, ispan tili).
Motivatsion xatda:
Nomzod haqida qisqacha ma’lumotlar, tanlangan soha bo‘yicha kasbiy tajribasi, dasturda ishtirok etish maqsadi, dasturdan kutilayotgan natijalar haqida ma’lumotlar yoziladi.
Ariza topshirishning muddati: 11/11/2024 dan 16/11/2024 yil sanasiga qadar
Tayyorlangan barcha hujjatlar topshiriladi.
Barcha savollar bo‘yicha: Roman-german filologiyasi fakulteti dekaniga murojaat qiling.