Fransiyaning Puatye (Poit iers) universitetiga ERASMUS+ dasturi boʻyicha 2024-2025 o’quv yilining 2-semestri uchun akademik mobillik dasturi asosida Fransuz tili yoʻnalishi 3-bosqich magistr talabalarini oʻqishga yuborish tanlovini eʼlon qilamiz!  

- Erasmus+ Student Mobility – 2 ta oʻrin (Poitiers universitetiga);
 - Dastur davomiyligi:  Student Mobility – 5 oy.
 
AGAR SIZ QUYIDAGI TALABLARGA TO‘LIQ MUVOFIQ BO‘LSANGIZ, ARIZANGIZNI KUTAMIZ!
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
  - O‘zDJTU Magistratura fakultetining Fransuz tili yo’nalishi 3-bosqich talabasi boʻlishi;
  - Tilni mukammal bilishi (fransuz tili);
  - Avval Erasmus+ dasturida qatnashmagan bo‘lishi.
 
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:

 - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (nusxasi);

 - Rezyume (CV, fransuz tilida);  

 - Chet tili (fransuz) kamida B2 darajasini tasdiqlovchi sertifikat;

 - Turli sertifikatlar, sovrinlar, mukofotlar, maqolalar kabi hujjatlar;

 - Milliy va xorijiy komissiya tarkibi asosida suhbat (fransuz tilida);
 
Motivatsion xatda:
- Nomzod haqida qisqacha ma’lumotlar, tanlangan soha bo‘yicha kasbiy tajribasi (agar mavjud bo´lsa), dasturda ishtirok etish maqsadi, akademik mobillik oʻqishini bitirib kelganidan keyingi kutilayotgan natijalar haqida ma’lumotlar yoziladi.
 
Ariza topshirishning muddati: 20/10/2024 dan  30/10/2024 yil sanasiga qadar
 
Tayyorlangan barcha hujjatlar Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi Xalqaro ishlar bo’yicha mas’ul M.Uzkinovga topshiriladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube