Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul boshlandi

 

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

 

2025/2026-oʻquv yili uchun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali joriy yilning 10-avgustiga (shu kuni ham) qadar davom etadi. 

 

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun tanlovlarda xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha

1. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;

2. Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha);

3. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha) xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 

 
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube