Ispaniyaning Kadis Universitetiga ERASMUS+ dasturi bo‘yicha ma’ruza o‘qish va tajriba almashish asosida professor-o‘qituvchilarni yuborish uchun quyidagi o‘rinlar bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.
Erasmus+ Staff Mobility – Kadis universitetiga 1 o‘rin
Dastur davomiyligi: 5–7 kun
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
O‘zDJTU ispan tili professor-o‘qituvchisi bo‘lishi kerak.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
-
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasport nusxasi;
-
Rezyume (CV) ispan yoki ingliz tilida;
-
Motivatsiya xati (1 betdan oshmasligi kerak);
-
Kurs/stajirovka dasturi (5 kunlik reja, 10–12 soat, ispan tilida).
Motivatsion xatda quyidagilar yozilishi lozim:
Nomzod haqida qisqacha ma’lumotlar, tanlangan soha bo‘yicha kasbiy tajriba, dasturda ishtirok etish maqsadi hamda dasturdan kutilayotgan natijalar.
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 6-oktabrdan 24-oktabrgacha.
Tayyorlangan barcha hujjatlar elektron shaklda va chop etilgan holda topshiriladi.
Barcha savollar bo‘yicha: Roman-german filologiyasi fakulteti dekaniga murojaat qilinadi.