2025/2026-oʻquv yili uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari joriy yilning 22-29-yanvar kunlari o'tkaziladi
2025/2026-oʻquv yili uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning hujjatlari 2025-yilning 1-noyabridan 15-noyabriga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilingan.
Dastlabki ekspertiza jarayonida 98 ta oliy ta’lim tashkilotidan hujjat topshirgan 700 nafardan ortiq talabgorlarning hujjatlarida turli kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Prezident va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari 2026-yilning 22-29-yanvar kunlari o'tkazilishi rejalashtirilganligini ma'lum qilamiz.