O‘zbekiston–Fransiya universitetlari konsorsiumi UNIFROUZ sizlarni 2026-yilning 30-martidan 3-apreligacha Fransiyaning Gavr shahrida bo‘lib o‘tadigan seminar haftaligiga taklif etadi.

Dastur haqida

Dastur o‘qituvchilar, metodistlar hamda pedagogik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi doktorantlar va O‘zbekiston–Fransiya universitetida ochiladigan magistratura mutaxassisliklarining dasturlarini ishlab chiqishga mas’ul shaxslarga qaratilgan.

Maqsad — pedagogik strategiyalarni takomillashtirish, konsorsium doirasida hamkorlik va hamjihatlikda yaratishni mustahkamlash, shuningdek ta’limni barqaror rivojlantirish va uning barcha uchun ochiqligini ta’minlash borasida fikr almashishdir.

Dastur quyidagilarga e’tibor qaratadi:

  • innovatsion pedagogik yondashuvlar, jumladan sun’iy intellekt, gibrid ta’lim modellari va ko‘p tilli ta’lim;

  • o‘quv dasturlarini rivojlantirish, bunda amaliyotlar (stajirovkalar), magistrlik dissertatsiyalari va bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishiga alohida urg‘u beriladi;

  • ko‘p tillilik va mahalliy kontekstlarni ta’lim amaliyotlariga integratsiya qilish;

  • Yevropa oliy ta’lim makoni;

  • tadqiqot metodologiyasi;

  • inklyuziv va barqaror ta’lim.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

Kasbiy profil: o‘qituvchilar, metodistlar, magistratura dasturlari mas’ullari, pedagogik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi doktorantlar va O‘zbekiston–Fransiya universitetida ochiladigan magistratura mutaxassisliklarining dasturlarini ishlab chiqishga mas’ul shaxslar.

Nomzodlardan tarjimai hol (CV) hamda dasturda ishtirok etishdan maqsadlari bayon etilgan motivatsion xat (lettre de motivation) taqdim etish so‘raladi.

Tarjimai hol (CV) va xatni topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 28-yanvar.

Tanlov yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, UNIFROUZ loyihasi koordinatori, Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri P. Nishonovga murojaat qilishingiz mumkin.
Tel.: +998 88 144 15 99

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube