Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro akademik hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

 2026-yil, 4–8-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Alikante universitetida xizmat safarida bo’lmoqda.

 Tashrifning dastlabki kunlarida (4–5-may) ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan:

- qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
- talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish;
- ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish;
- Erasmus+ va boshqa xalqaro grant loyihalarida faol ishtirokni davom ettirish;
- pedagoglar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.

 Ushbu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish, ilg‘or pedagogik tajriba almashish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Universidad de Alicante — nufuzli universitetlardan biri, yuqori darajadagi universitetlar qatoriga kiradi, ayniqsa tilshunoslik, tarjima, turizm va huquq yo‘nalishlarida kuchli. Dunyo TOP-1000 universitetlari qatoriga kiradi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube