Ispaniyada o'qish uchun Erasmus+ dasturi tanlovi!

Chet elda unutilmas ta'limni orzu qilyapsizmi? Erasmus+ sizni Ispaniyaning Castilla La Mancha universitetida o'qish uchun tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi!

Qachon: tanlov 2024-2025 o‘quv yilining oktyabr oyi
O'qish muddati: 2024-2025 o'quv yilining bahorgi semestri.

Tanlov ispan tili yo’nalishi talabalari uchun (1-2 kurslar)

Ishtirok etish uchun zarur hujjatlar:
1. Ispan tili sertifikati: B1 yoki undan yuqori daraja.
2. Motivatsion xat: Nima uchun Ispaniyada o‘qishni xohlayotganingizni ayting!
3. Tavsiyanoma: Ta’lim muassasangiz o‘qituvchisi yoki rahbariyatidan.
4. Europass formatida CV: O'zingizni eng yaxshi tarzda taqdim eting!

Tanlov g‘olibi uchun hujjatlar:
- Belgilangan tartibda to'ldirilgan ariza.
- Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat yoki pasport nusxasi.
- O'qish joyidan ma'lumotnoma.
- Hozirda ta’lim olayotgan o’quv rivojlanishi tòg’risidagi hujjat (transkript) nusxasi.
- Til sertifikati (B1/B2 darajasi).
- Rezyume (maksimal 2 sahifa) ispan tilida.
- Mukofotlar, yutuqlar, sertifikatlar kabi boshqa hujjatlar.

Qo'shimcha ma'lumot bo'yicha ispan tili amaliy fanlar kafedrasiga murojaat qiling

Ispaniya madaniyati muhitiga sho'ng'ish va unutilmas ta'lim tajribasiga ega bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Tanlov boshlanish sanasi haqidagi yangiliklarni kuzatib boring va imkoniyatingizni boy bermang!

2024-05-28 02-24

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi