“EVRIKA” TANLOVI – “Jamiyat, tarix va madaniyat” yo‘nalishi finalistlari aniqlandi
Ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida o‘zining ilmiy izlanishlari hamda ilg‘or g‘oyalari bilan ajralib chiqqan yosh olimlar orasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti (DSc) Mamatkulova Nilufar Fayzullaqulovna ham finalistlar safidan munosib o‘rin egalladi.
Yosh olimamizni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz!
“Evrika” mukofoti — 18–40 yoshdagi yosh olim va mutaxassislarning fan, innovatsiya hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan salmoqli hissasini e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan nufuzli tanlovdir. Final bosqichida ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etib, g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.
Tanlov g‘oliblari BHMning 30, 20 va 10 baravari miqdorida pul mukofotlari, statuetka va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Barcha finalistlarga final bosqichida omad tilaymiz!