FAOL TALABALAR MUNOSIB TAQDIRLANDI!
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti tomonidan taşkil etilgan körik tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Tadbirda ÖzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov iştirok etib, turli loyihalarda faol qatnaşgan, özining taşabbuskorligi, intilişi va salohiyati bilan ajralib turgan ğolib talabalar hamda jamoalarni munosib taqdirladilar.
Kötarinki ruhda ötgan marosim yoşlarning yangi ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, ularning taşabbuslarini rağbatlantiriş va universitet hayotidagi faolligini yanada oşirişga xizmat qildi.

Barça ğoliblarni samimiy muborakbod etamiz! Yangi marralar, ulkan yutuqlar va muvaffaqiyatlar hamişa hamrohingiz bölsin!