15-aprel kuni Germaniyaning Senior Expert Service (SES) tashkiloti xodimi Professor Reinhilde Schwede Roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili amaliy fanlar kafedra mudiri Ziyayeva Sevara Anvarovna tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Soʻngra, fakultet dekani X.Xakimov Reinhilde Schwede xonim bilan uchrashib, fakultetdagi 1 oylik faoliyati davomida talabalar, professor-o'qituvchilar uchun samarali bo'lishiga umid bildirdi. Shuningdek, martabali mehmon universitet Xalqaro bo'limi hamda Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'yicha bo'lim xodimlari bilan uchrashdi.
Endilikda Professor Reinhilde Schwede Roman-german filologiyasi fakultetida 1-oy davomida o'z faoliyatini olib boradi.
Ma'lumot uchun: Senior Expert Service– (https://ses-bonn.de/ru/startseite) Germaniyaning yetakchi tashkiloti bo'lib, nafaqaga yoki ishdan tanaffusga chiqqan mutaxassislarni ixtiyoriy ravishda boshqa mamlakatlardagi loyihalarga yuboradi.1983-yildan xizmat butun dunyo bo'ylab barcha sektorlarda o'z vakolatlarini rivojlantirishga hissa qo'shmoqda.