9-aprel Italiyaning Peruja xorijlik uchun universiteti vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.

Universitet rektori Prof. Valerio De Sezaris, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Valentina Serri, universitet professori Roberto Dolchilardan iborat mehmonlar OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yoʻldoshev Italyan tili kafedrasi mudiri B. Ergashevalar tomonidan universitetning asosiy binosi kirish qismida kutib olindi. 

Shundan soʻng, ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda I.Tuxtasinov OʻzDJTU faoliyati, italyan tili oʻqitilishi haqidagi maʼlumot va hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflarini aytib oʻtdi. Italiyaning Peruja xorijlik uchun universiteti rektori Prof. Valerio De Sezaris ham universitet faoliyati haqidagi qisqacha maʼlumoti va takliflarini ilgari surdi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube