9-aprel sanasida O'zDJTU Xalqaro jurnalistka fakultetiga Qozon Federal universitetidan bir qancha mutaxassislar tashrif buyurdi.
Qozon (Volgabo‘yi) Federal universiteti Jizzax shahridagi filialining Jurnalistika yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish va amaliyotni tashkil etish maqsadida tashrif buyurgan mehmonlar Viktor Andreevich Kalinin va Andrey Igorevich Matyas bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mehmonlar binoda joylashgan maxsus studiyani ko'zdan kechirib, shart-sharoitlar,texnik vositalar bilan yaqindan tanishdi.Uchrashuv davomida talabalar bilan suhbatlashib,kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish va ko`plab loyihalarni birgalikda amalga oshirish haqida kelishib olindi.