O'zDJTU professor-o'qituvchilari ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi. 

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yuldashev Xusanboy Ibragimovich va OTM pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Abidjanov Alisher Saxibovich Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazish maqsadida tashkil etildi.

Muzokaralar jarayonida Xitoy Xalq Respublikasida oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, OʻzDJTU o‘qituvchilari hamda talabalari uchun grantlar ajratish, chet tillari, xususan, xitoy tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish, til sohiblarini universitetga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube