Soʼnggi yillarda Oʼzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xitoy Xalq Respublikasi oliygohlari bilan hamkorlik aloqalari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Hamkorlik asosan talaba va oʼqituvchilar almashinuvi, til sohiblarini mashgʼulotlar olib borish va maʼruzalar oʼqish uchun universitetga taklif qilish, birgalikda turli tadbirlar tashkil qilish va boshqa yoʼnalishlarda amalga oshirilmoqda.
2024 yilda Xitoyning Zejiang moliya kolleji bilan hamkorlik toʼgʼrisidagi memorandum imzolandi. Natijada sentyabr oyida ushbu universitet professori Chen Lingman universiett rahbariyachchti bilan uchrashdi va Sharq filologiyasi fakulьteti xitoy tili guruhi talabalari uchun xitoy xarflarini dekodlash mavzusida maʼruzalar oʼqidi. Uning maruzasi talabalardja katta taasurot qoldirdi.
Muloqot chogʼida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishib oldilar.