24-25 avgust kunlari “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. (https://t.me/UzSWLU/22340)
Mazkur hashar doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ham bugundan boshlab obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tozalik tadbiri davomida mas’ul xodimlar tomonidan daraxtlar oqlanib, universitetning har bir burchagida tozalash ishlari olib borilmoqda.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Hashar OʻzDJTU ning barcha fakultetlarida tashkil etilgan.
Yurtimizni obod qilishga oʻz hissamizni qoʻshaylik!