Hindistonda malaka oshirib qaytgan talabalarning hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor Abduraxim Nasirov madaniy almashinuv doirasida Hindiston Banastali Vidyapitx universitetida 2 haftalik malaka oshirish kursida bo‘lib qaytgan Tarjimonlik fakultetining 6 nafar talabalari va Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o‘qituvchisi N. Ro‘ziboyeva bilan uchrashdi.

 

 

Uchrashuv davomida talabalar malaka oshirish jarayoni, o‘zlashtirilgan bilim va tajribalar, shuningdek, safar davomida olingan taassurotlar yuzasidan hisobot berdilar.

 

 

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov xalqaro loyihalarning ahamiyati, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirar ekan, malaka oshirish davomidagi yutuqlari bilan talabalarni tabrikladi hamda kelgusidagi vazifalar bo‘yicha tavsiyalar berdi.

O‘zDJTU xalqaro hamkorlik doirasida talabalarning malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etadi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube