Joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy fan va ta’limning rivojlanishida yoshlarning o‘rni. Izlanish va ijod masalalari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi.

Ilmiy-amaliy anjumanda OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek  Yakubovich ishtirok etib, kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi.

Konferensiya doirasida fanning barcha sohasidagi muammolarga bag‘ishlangan talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy va publitsistik tezis hamda maqolalar, tarjimalar, shuningdek, ijodiy ishlar (hikoyalar va she’rlar) muhokama qilindi.

2024-05-17 01-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi