Ingliz tili 3-fakulteti yangi o‘quv yilini kutib olishga tayyor!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 3-fakulteti 2026–2027-o‘quv yilini yangi maqsadlar va katta rejalar bilan kutib olishga shay.
Fakultetda o‘quv auditoriyalari, umumiy hududlar va mavjud infratuzilma yangi o‘quv yiliga mos holatga keltirildi. Talabalar uchun qulay, ozoda va samarali ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan ishlar yakuniga yetkazildi.
Endilikda fakultet jamoasi talabalarni yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari chorlaydigan munosib muhitda kutib olishga tayyor.
Ingliz tili 3-fakulteti — yangi o‘quv yiliga tayyor!
2026-08-10 05-16