Joriy yilning 11-mart kuni Ingliz tili ikkinchi fakultetida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z. Hasanov rahbarligida "Stresning psixofiziologik jihatlari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Tadbirda universitet psixologlari Z. Xayrullayeva va M. Yuldosheva, shuningdek, Ingliz tili nazariy aspektlari N2 kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Baxriddinovna hamda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori S. Sharipova ishtirok etdi.
Seminar psixoprofilaktika ishlari doirasida o‘tkazilib, talabalar ruhiy holatini aniqlash, ularga psixologik bilim va ko‘nikmalar berish maqsadini ko‘zlagan. Tadbir davomida ishtirokchilar stressning inson organizmiga ta’siri, uni bartaraf etish usullari hamda ruhiy bardoshlilikni shakllantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar.