OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti italyan tili yoʻnalishining bir nechta talabalari Italiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijlik talabalar uchun ajratiladigan grantlarni qoʻlga kiritishgan edi. Grantga asosan fakultetning E.Olimova, N.Xasanova, N.Mansurova va I.Xalilovalar kabi iqtidorli talabalari Italiyaning Perudja universitetida malaka oshirish kurslarida bepul tahsil olib qaytishdi. 

Oʻqish davomida talabalar nafaqat italyan tilidagi bilimlarini kengaytirishdi, balki Italiyada turizm va mehmondoʻstlik sohasiga yoʻnaltirilgan kurslarda ham tahsil olishdi. Talabalarimiz kurslarni aʼlo baholarga tugatib, CELI 4(C1) xalqaro til bilish sertifikatini qoʻlga kiritishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube