12-fevral kuni Rossiyaning Irkutsk milliy tadqiqot texnika universiteti Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori S.Bykov va Xalqaro aloqalar direksiyasi rahbari A. Melentyeva bilan ushrashuv bo'lib o'tdi.

Muloqot chog'ida Rossiya tomonidan O'zDJTUning 10-15 nafar rus tili guruhi talabalari uchun bepul 6 oylik maxsus stajirovka kurslari hamda o'qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish hamda boshqa sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligi ma'lum qilindi.

Tomonlar boshqa sohalar, jumladan ilmiy tadqiqot, yozgi maktablar tashkil qilish kabi yo'nalishlarda ham aloqalarni rivojlantirish borasida kelishib oldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube