KOICA vakillarining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi
23-iyul kuni O‘zDJTU rektor I. Tuxtasinov KOICA volontyorlar loyihasi rahbari Hong Song Jin, volontyorlar loyihasi menejeri Lee EunGyongni qabul qildi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
O‘zbekistonda volontyorlik loyihalarini amalga oshirishda hamkorlikni rivojlantirish;
Koreya universitetlari talabalari uchun o‘zbek va rus tillari hamda madaniyatiga oid yozgi lagerlarni tashkil etish;
Koreyadagi maktab, kollej bitiruvchilari hamda universitet talabalari orasida O‘zDJTUda bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil olishga qiziqishni oshirish
Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlarida yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Uchrashuv yakunida vakillar volontyorlik ishtirokida ko'magi uchun O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinovga chuqur minnatdorlik bildirib tashakkurnoma bilan taqdirlashdi.