Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 25 may kuni Koreyashunoslik akademiyasi koʻmagida ilmiy-nazariy seminar boʻlib oʻtdi.
“Markaziy Osiyo va Koreya: iqtisodiy va madaniy aloqalar” mavzusida tahkil etilgan seminar xorijlik ishtirokchilar, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar uchun “Oʻzbekiston Respublikasida koreys tili va adabiyotini oʻqitishning lingvomadaniy aspektlari” Seed Program for Korean Studies xalqaro loyihasi asosida tashkil etildi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi koreyashunoslik ilmi tadqiqot markazi tashbbusi bilan tashkil etilgan seminarning bosh maqsadi umumiy va kasb-hunar taʼlimi oʻqituvchilarining lingvistik, didaktik va pedagogik kompetentsiyasini oshirish, universitetlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va chet tillarini oʻqitish sohasida tajriba almashish, kasb-hunar taʼlimiga innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻldi.
Seminar koreys, oʻzbek, rus, ingliz tillarida tashkil etildi. Ilmiy seminar yakunlari boʻyicha ISBN, UDC, BBK indekslari va raqamli doimiy identifikator tayinlangan holda “Ilmiy ishlar toʻplami”ni nashr etish, toʻplamni Google School xalqaro ilmiyometrik platformasida joylashtirish rejalashtirildi.
Maʼlumot uchun: Ilmiy-nazariy seminarda Germaniya Federativ Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasidan olim va ilmiy tadqiqotchilar, doktorant va magistrantlar, tadbir mavzulari, maqsad va vazifalariga mos keladigan ilmiy sohalardagi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi va maʼruzalar qildi.