Bugun universitet Kuzatuv kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishni universitet Kuzatuv kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov olib bordi.

Kuzatuv kengashi aʼzolari ishtirokida kun tartibiga kiritilgan bir qator masalalar, jumladan, O‘zDJTU Kuzatuv kengashining 2024 yil uchun ish rejasini tasdiqlash; O‘zDJTUning 2024 yil uchun ishlab chiqilgan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash; Professor-o‘qituvchilar va boshqa toifadagi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish; O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024 yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash kabilar muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, yigʻilishda O‘zDJTUning maqsadli kapital (Endowment Fund) jamoat fondi nizomi tasdiqlandi hamda universitet professor-o‘qituvchilari faoliyatiga baho berish, ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari (KPI) tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar oyidan boshlab yozuvchi Xurshid Do‘smuxammad, “Sport”, “Sport+”, “O‘zbekiston futboli” gazetalari birlashgan tahririyati DUK bosh muharriri Mirzaxakim To‘xtamirzayev universitet Kuzatuv kengashining a’zolari etib tasdiqlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube