"Literature Review. Synthesizing" mavzusida ilmiy to‘garak
14-iyul kuni talaba yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida navbatdagi onlayn ilmiy to‘garak bo‘lib o‘tdi.
To‘garak O‘zDJTU 2-Ingliz tili fakulteti o‘qituvchisi Shamsiddinova Gavhar boshchiligida tashkil etildi. Tadbirda:
- Adabiy manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish (synthesizing) usullari;
- Ilmiy maqola va dissertatsiya yozishda bu bosqichning o‘rni;
- Mavzuga oid amaliy topshiriqlar va interaktiv muhokamalar o‘tkazildi.
Talabalar o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, tanqidiy fikrlash hamda mustaqil izlanishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.
Bunday tadbirlar yoshlarga ilhom bag‘ishlaydi va ularni ilmga yetaklaydi!