30- aprel kuni OʻzDJTUda “Xotin – qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, oilada zoʻravonlikning oldini olish” mavzusidagi tadbir tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi ʼʼAdolat” SDP siyosiy Kengashi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Oʻzbekiston “Adolat” SDP siyosiy Kengash aʼzolari, deputatlar, olimalar, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar OAV xodimlari ishtirok etdi.
Unda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi va tadbirni ochib berdi. Oʻzbekiston “Adolat” SDP siyosiy Kengash raisi Robaxon Maxmudova tomonidan ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining audio kitobi yaratilgani va uning yaratilishi haqida maʼlumot berib oʻtdi. Shuningdek, Adolat SDP Siyosiy Kengashi raisi oʻrinbosari, Xamzayevich “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Islom Xamroyev “Oilada zoʻravonlikning oldini olish”, Jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktika xizmati xodimi, podpolkovnik Qunduz Jurayeva “Xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi roli”, Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Bahora Ergashova “Oʻzbekistonda qishloq xotin-qizlarining jamiyatdagi faol ishtirokini taʼminlashga yoʻnaltirilgan “Nozik xilqat” loyihasi haqida maʼruzalar qilishdi.
Universitet xotin qizlar maslahat kengashining tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir savol-javoblar va fikr-mulohazalarga boy tarzda yakunlandi.