O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari “Made in Univer" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasida ishtirok etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida 2024-yil 18-may kuni INNO innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida “Made in Univer" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi tashkil etildi. 

Mazkur ko’rgazmada O’zDJTU Ilmiy va innovatsion ishlanamalarni tijoratlashtirish bo’limi boshlig’i F.Abdullayeva, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig’i Sh.Ismatova, Tarjimonlik fakulteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha dekan muovini M.Musabekova va Tarjimonlik fakulteti talabalari faol qatnashdi.

Tadbir yakunida “Eng yaxshi ishlanmalar” saralab olinib, munosib ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.

Jumladan, Tarjimonlik fakulteti 3-bosqich Gid2147-guruh talabasi Sardorbek Xushnudbekov ko’rgazmada “StudUb” loyihasi bilan faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi va 800 000 so’m miqdoridagi pul mukofoti sovrindori bo’ldi.

3-bosqich talabasi Nargiza Xolmurodova hamda 2-bosqich talabasi Asem Rustamova ham o'z innovatsion ishlanmalari bilan ko'rgazmada ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbirdagi moderatorlik vazifasini O’zDJTU ning 2-bosqich TING2201-guruh talabasi Feruzabonu Tillavoldiyeva yuqori saviyada olib bordi. 

Talabalarimizning ilmiy-innovatsion sohadagi ishlaridagi yutuqlar bardavom bo’lishiga tilakdoshmiz.

2024-05-21 03-41

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi