27-mart kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbiri tashkil etildi.
"Vatanparvarlik" mavzusi ostida talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrashga undash hamda ularni milliy qonunchiligimizga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida o’tkazilgan dasturni O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi.
Tadbirga mehmon sifatida O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Madaniyat markazi badiiy rahbari Uchqun Tillayev o’z jamoasi bilan tashrif buyurdi.
Dastur davomida Uchqun Tillayev yoshlarni vatanni sevishga, uni ardoqlashga undovchi nutq so’zladi. Madaniyat markazi xodimlari tomonidan taqdim etilgan musiqiy chiqishlar tadbirgacha o’zgacha fayz berdi.
Ma’lumot uchun: Tadbir O’zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti tashabbusi bilan tashkil etildi.
2024-03-30 01-55