O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” shiori ostida yugurish marafoni o’tkazildi.

Talaba-yigitlar va talaba-qizlar o’rtasida alohida o’tkazilgan “Salomatlik uchun 5 000 qadam” marafonida 2000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. 



O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov marafon g’oliblarini taqdirlab, sovrindorlarga diplom va qimmatbaho estalik sovg’alarini topshirdi. 


Ma’lumot uchun, 1-o’rin sovrindorlariga 2 ta Artel 43/109 rusumli smart televizorlari, 2-o’rin sovrindorlariga 2 ta Artel 32/81 rusumdagi smart televizorlari, 3-o’rin sovrindorlariga 2 ta Artel mikroto’lqinli pechlari sovg’a sifatida taqdim etildi.





Shuningdek, marafonda ishtirok etgan har bir faol talaba maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube