Konferensiya Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilning 18-yanvardagi 16-son buyrugʻiga asosan O’zDJTU ning Oʻzbekistondagi nemis tili oʻqituvchilari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Konferensiyada Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan 50 ga yaqin professor-oʻqituvchilar, Germaniya Federativ Respublikasi va yurtimizdagi oliy taʼlim dargohlaridan jami 150 nafar professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi. Dasturda nemis tilini oʻqitishda hududiy hamkorlik, nemis filologiyasining dolzarb masalalari, nemis tilini oʻqitishda innovativ va raqamli texnologiyalar, kasbga yoʻnaltirilgan nemis tilini oʻqitish hamda madaniyatlararo muloqot va tarjima masalalari muhokama qilindi.

 gggg

 

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili, O’zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor O.Yusupov, Oʻzbekiston nemis tili oʻqituvchilari assotsiatsiyasi raisi prof. X.Rahimov, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H.Hakimov, Toshkentdagi Gyote instituti til boʻlimi boshligʻi D.Muxammadaminova, Germaniya akademik almashinuv xizmati lektori Y.Mayer, Qozogʻistondagi nemis oʻqituvchilari assotsiatsiyasi raisi M.Tankibayeva, Qirgʻiziston nemis oʻqituvchilari assotsiatsiyasi raisi Z.Mambetova, Oʻzbekiston-Germaniya Doʻstlik jamiyati raisi Y.Ismailov taʼlim sifatini oshirish, xorijiy tillarni oʻqitishni rivojlantirish, yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha koʻnikma va malakalarini oshirish muammolari, chet tili oʻqituvchilari oldida turgan vazifalar va yo’lga qo’yilishi zarur bo’lgan hankorlik masalalari nutq so’zladi.

Yalpi majlisdan soʻng konferensiya oʻz ishini shoʻbalarda davom ettirdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube