Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 29-mart kuni “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi tomonidan “Mehnat yarmarkasi” uyushtirildi. Yarmarkada Universitet rahbariyati, fakultet dekanlari hamda bizning oliy taʼlimda tahsil olayotgan bakalavriat va magistraturaning turli yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olayotgan 2500 dan ziyod bitiruvchi talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimligi qoshidagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi vakillari, “Teach for Uzbekistan” “Zuma pharm” ,“Artel”kompaniyasi , Tashqi ishlar migratsiyasi, Toshkent shahar Uchtepa tuman mahalla faollari bitiruvchilarga boʻsh ish oʻrinlar yaratish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdilar. “Mehnat yarmarkasi” natijasida ishlash istagini bildirgan universitet talabalari taklif etilgan boʻsh ish oʻrinlari haqida batafsil maʼlumot olish bilan birgalikda ularning 50 nafaridan ortigʻi ishlash uchun tegishli shartnomalar imzolashga erishdilar.Ushbu yarmarka “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi tomonidan oʻtkazildi.