3-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida  Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan qoʻshma taʼlim turlari o'quv dasturi boʻyicha Zoom platformasida muhokama  boʻlib oʻtdi.

Yig'ilishda O'zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor Abduraxim Nasirov, QTD boʻlimi boshligʻi N.Abdullayeva, Rus filologiyasi fakulteti dekani A.Raxmonov va Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev ishtirok etdi.

Dasturda ikki tomonlama talaba va o'qituvchilar almashinuvi, chet tillari oʻqituvchilarining malakasini oshirish, grantlar ajratish, ilmiy sohani rivojlantirish boʻyicha hamkorliklar o'rnatish masalalari ilgari surildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube