Yangiyo'l tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi o'quvchilariga Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Bitiruvchi yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish, O'zDJTU va maktablar bilan hamkorlikni amalga oshirish, sohaga jalb qilish borasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Joriy yilning 6-fevral sanasida Yangiyo'l tumani 2-sonli kasb hunar maktabi bitiruvchi sinf o’quvchilari hamda o’qituvchilari bilan birgalikda O'zDJTU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi E.Qo'ngirotov tomonidan bitiruvchi o'quvchilarga universitet hayoti uning ichki tartib-qoidalari, sport maydonlari hamda axborot resurs markazlari tanishtirildi.
Mazkur uchrashuv hamda ekskursiya maktab o’quvchilarida qiziqish va taassurotlarga boy bo’ldi.