ÖZDJTU VA PARKENT TUMANIDAGI 20-MAKTAB ÖRTASIDA HAMKORLIK ŞARTNOMASI IMZOLANDI
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toşkent viloyati Parkent tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 20-sonli umumiy örta taʼlim maktabi örtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan şartnoma imzolandi.
Hujjat ÖzDJTU rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov hamda 20-maktab direktori Lola Atxamboyevna Ağzamova tomonidan imzolandi.
Şartnomada oliy va maktab taʼlimi örtasidagi uzviylikni taʼminlaş, öquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot yönalişlarida tajriba almaşiş, ilmiy-metodik seminarlar va maʼrifiy tadbirlar taşkil etiş, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy etiş hamda maktab öquvçilari uçun zamonaviy öquv markazi faoliyatini yölga qöyiş kabi ustuvor yönalişlar belgilangan.
Şuningdek, hamkorlik doirasida maktab öquvçilari va öqituvçilarini xorijiy tillar böyiça bilimlarini çuqurlaştiriş hamda C1 darajasidagi milliy yoki unga tenglaştirilgan xalqaro sertifikatlarga tayyorlaş kurslarini taşkil etiş, ilğor öquv adabiyotlaridan foydalaniş va taʼlim sifatini oşirişga qaratilgan taşabbuslarni amalga oşiriş közda tutilgan.
2026-10-23 12-29