- 2024-06-03 01-35
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida OIV infeksiyasi profilaktikasiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Ma’lum qilinishicha, odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) kasalligi bilan bugungi kunda respublikada 45 mingdan ortiq shaxslar yashab kelmoqda. Bu kasallik tuzalmas dard bo‘lib, shu infeksiyaga chalingan bemorlar umri oxirigacha virusga qarshi dori preparatlarini qabul qilib yurishi zarur.
31-may kuni OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti faollar zalida OIV infeksiyasi profilaktikasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda fakultet dekani B.Kulmatov, Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchilari, jumladan, katta oʻqituvchi F.Ashurova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muovinlari M.Jakbarov, Z.Hasanov hamda shahar OITS ga qarshi kurash markazi shifokori M.M.Mirzayeva, Uchtepa tumani IIO FMB JKB Katta tezkor vakil podpolkovnigi M.I.Begmatov, Toshkent tibbiyot akademiyasining Yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlar doktori Sh.B.Raxmatullayeva ishtirok etdi.
Tadbirda har qanday yuqumli va boshqa kasalliklarni oldini olish uchun tibbiy madaniyatni yuksaltirish muhimligi, salomatlikni saqlash oʻz qoʻlimizda ekanligi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi. Yoshlar orasida OIV infeksiyasidek bedavo kasalliklarning avj olishiga chek qoʻyish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.