O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlari, qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib taqdirlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 247-sonli “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tashkil etilmoqda.
Mazkur fan olimpiadasi 26-27-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tadi. Olimpiadani o‘tkazish uchun universitetda tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Xorijiy tillar fan olimpiadasiga ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab tillari bo‘yicha yetuk tajribaga ega xalqaro darajadagi mutaxassislar hakamlik uchun jalb etilgan bo‘lib, bugun 24-sentabr kuni malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati a’zolariFarg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatidan universitetga tashrif buyurdi.