Oliy ta’lim tizimida nazorat topshiriqlarini samarali bajarish masalalari muhokama qilindi

2025-yil 7-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi. 

Unda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat vakillari ham onlayn tarzda ishtirok etdi. 

Iqtisodiy o‘qish mavzusi:
“Ijro.gov.uz tizimida 2025-yil yanvar–oktyabr oylaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari va Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining ijrosi yakunlari hamda 2025-yilning noyabr–dekabr oylarida barcha topshiriqlarni samarali va to‘liq hajmda bajarish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risida.”

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ijro intizomi va nazorati bo‘limi boshlig‘i Yakubov Azizjon Tojiboyevich olib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Rajabov Sardor Baxtiyorovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Alijonov Utkir Maxamadaliyevich esa dasturni kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir davomida ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, tizim tashkilotlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, 2025-yilning noyabr–dekabr oylarida bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlarni to‘liq hajmda ado etish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar va amaliy takliflar muhokama qilindi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, ijro intizomini yanada kuchaytirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube