Joriy yilning 28-mart kuni magistratura yo'nalishida ta’lim olayotgan Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti mutaxassisligining 1-bosqich talabalari o‘rtasida "Kite runner" asari asosida musobaqa o‘tkazildi.

Zamonaviy Amerika adabiyotiga mansub taniqli yozuvchi Xolid Husayniyning "The Kite Runner" ("Shamol ortidan yugurib") romani muhokamasi davomida musobaqa tashkillashtirildi. Ushbu fan o‘qituvchisi Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. (PhD) Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna asar mohiyatini talabalar yaxshiroq tushuna olishlari, voqealarni o‘zlari his qilib, tahlilga torta olishlari uchun mashg‘ulot sezilarli ta’sir ko‘rsata olganini ta’kidlaydi.

"Open-air learning" uslubida tashkillangan ushbu dars  va musobaqa  talabalarning adabiyotga yanada qiziqishlariga,  amaliy va nazariy bilimlarini  samarali o‘rganishlariga imkon yaratdi.

    

     

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube